1 oktyabrgacha umumta’lim maktablari o‘qituvchilari grippga qarshi emlanadi – Prezident qarori
Jamiyat
−
26 avgust 2020
10392O‘zbekistondagi umumta’lim maktablari direktorlari, o‘qituvchilari va boshqa xodimlari joriy yilning 1 oktyabriga qadar grippga qarshi emlanadi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan "Aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorda aytilgan.
Qaror bilan Xalq ta’limi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi va Moliya vazirligining respublikadagi barcha umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining rahbar, pedagogik va boshqa (yordamchi) xodimlarini markazlashgan tartibda 2020 yil 1 oktyabrga qadar grippga qarshi emlash haqidagi taklifi ma’qullanmoqda.
Qarorga ko‘ra, Sog‘liqni saqlash vazirligi har bir ta’lim muassasasiga borgan holda xodimlarni emlash o‘tkazishni va tegishli sog‘liqni saqlash muassasalarini vaksina va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlash choralarini ko‘rishi kerak.
Vazirlar Mahkamasi mazkur qarorda belgilangan bir martalik moddiy yordam va xodimlarni emlash uchun zarur mablag‘larni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 iyuldagi “Koronavirus pandemiyasi davrida ijtimoiy himoyaga va yordamga muhtoj aholi qatlamlarini moddiy qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF–6038-son Farmonida nazarda tutilgan hamda boshqa qo‘shimcha manbalar hisobidan amalga oshiradi.
LiveBarchasi