1 oktyabrdan OTM rahbar va pedagoglari malakasini oshirishda yangi tizim ishga tushadi
Jamiyat
−
24 Sentabr 2019
6278O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarining malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Qarorga muvofiq, 2019 yil 1 oktyabridan oliy ta’lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarining uzluksiz malakasini oshirish tizimi amaliyotga joriy etiladi.
Ushbu xodimlarning malakasini oshirish markazlarida Ta’lim texnologiyalari kafedrasi tashkil etiladi.
Qaror bilan, oliy ta’lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarining uzluksiz malakasini oshirish jarayonlarini tashkil etish tartibi to‘g‘risida nizom ham tasdiqlandi.
Nizomga ko‘ra, uzluksiz malaka oshirish jarayoni quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
• mutaxassislik bo‘yicha mustaqil malaka oshirish;
• muqobil malaka oshirish;
• ta’lim dasturlari asosida mazkur kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazlarida bevosita o‘qish.
LiveBarchasi