1 oktyabrdan “doverennost” bekor qilinadi

Jamiyat

image

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “O‘zbekiston Respublikasida notariat tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmon loyihasi joylashtirildi.

Loyihaga muvofiq quyidagi bitimlarni majburiy notarial tasdiqlash tartibi bekor qilinishi rejalashtirilmoqda:

2019 yil 1 oktyabrdan – transport vositasi egasining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta polisida ko‘rsatilgan transport vositasi egasining yaqin qarindoshlari (ota-ona, er (xotin), bolalar, aka-ukalar, opa-singillar) o‘rtasida transport vositasidan foydalanish to‘g‘risidagi ishonchnomani;

2020 yil 1 yanvardan – yuridik shaxslarning, xususan bank va boshqa kredit tashkilotlarining korxonani ijaraga, tekin foydalanishga berish, yangi ko‘chmas mulk va transport vositalari bo‘yicha lizing, garov (ipoteka) shartnomalarini. Bunda, garov (ipoteka) shartnomalarini rasmiylashtirgan bank va boshqa kredit tashkilotlari mol-mulkka taqiq qo‘yish va yechishni axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali mustaqil amalga oshiradi.

Farmon loyihasi muhokamasi joriy yilning 4 avgustiga qadar davom etadi.


Maqola muallifi

Teglar

avtomobil' ishonchnoma

Baholaganlar

546

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing