1 oktyabrdan alkogol mahsulotlari narxi oshadi

Jamiyat

image

2020 yil 1 oktyabridan alkogol mahsulotlari uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narxlar o‘rtacha 6-9 foiz indeksatsiya qilinadi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining “Alkogol mahsulotlari uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narxlarga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan.

Hujjatga muvofiq, quyidagi narxlar belgilandi:

vinoning 1 litr tayyor mahsuloti uchun:

•    ishlab chiqaruvchi korxonalarning eng kam ulgurji-sotish narxi – 9 400 so‘m (ilgari 8 600 so‘m);
•    eng kam chakana narx – 11 200 so‘m (ilgari 10 200 so‘m).

konyakning 1 litr tayyor mahsuloti uchun: 

•    ishlab chiqaruvchi korxonalarning eng kam ulgurji-sotish narxi – 33 000 so‘m (ilgari 31 000 so‘m);
•    eng kam chakana narx – 39 000 so‘m (ilgari 36 600 so‘m).

aroq va boshqa alkogolli mahsulotlarning 1 litr tayyor mahsuloti uchun:

•    ishlab chiqaruvchi korxonalarning eng kam ulgurji-sotish narxi – 24 000 so‘m (ilgari 22 000 so‘m);
•    eng kam chakana narx – 28 500 so‘m (ilgari 26 000 so‘m). 

Mazkur qaror 2020 yil 1 oktyabrdan kuchga kiradi.


Maqola muallifi

Teglar

alkogol'

Baholaganlar

250

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing