1 noyabrdan “svet”ni limitdan ko‘p ishlatganlar 2-3 yoki 4 baravar haq to‘laydi
Jamiyat
−
05 Oktabr 2023
33606Joriy yilning 1 noyabridan e’tiboran elektr energiyasi uchun “ijtimoiy norma” joriy qilinadi. Unga ko‘ra, elektr energiyasini belgilangan limitdan ko‘p ishlatgan xaridorlar bir necha baravar ko‘proq haq to‘laydi. Bu haqda iqtisodchi Otabek Bakirov ma’lum qildi.
1 noyabrdan boshlab:
elektr energiyasining quvvati o‘rtacha oylik iste’mol miqdoridan oshib ketgan III guruh iste’molchilariga:
• 1 001 dan 5 000 kVt soatgacha iste’mol uchun belgilangan tarifga nisbatan 2 barobar;
• 5 001 dan 10 000 kVt soatgacha iste’mol uchun belgilangan tarifga nisbatan 3 barobar;
• 10 000 kVt soatdan yuqori iste’mol uchun belgilangan tarifga nisbatan 4 barobar o‘suvchi koeffitsiyent qo‘llaniladi.
Bu bo‘yicha o‘zgarishlar Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 15 iyuldagi 245- sonli qarori bilan tasdiqlangan va 1 noyabrdan kuchga kiradi.
“Haqiqat uchun aytish joizki, haddan tashqari ko‘p elektr energiyasini iste’mol qiluvchilar uchun oshirilgan koeffitsiyentlar 2020 yildayoq kiritilgan, lekin amalda qo‘llanilmay kelgan.
Avvalroq oyiga 10 ming kvt soatdan ortiq elektr ishlatayotgan oligarx, korsalon va cho‘ntaklarga de-fakto 1,1 trln so‘m subsidiya berilgani haqida yozgan edik. Shu pullar pensiyaga, stipendiyaga, o‘qituvchilar oyligiga sarflanishi mumkin edi”, deydi iqtisodchi.
Uning qayd etishicha, va nihoyat to‘g‘ri qadam bosish boshlangan. Nihoyat hukumat elektr energiyasi tariflari borasida sevimli boylar tarafdan uzoqlashib ijtimoiy qatlamga qayisha boshlagan.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr