Amaldorlarning xizmat mashinasida qayerlarga borayotgani nazoratga olinadi

Jamiyat

image
Amaldorlarning istaganda xizmat avtomobilini yangilashi taqiqlanadi north_east

Amaldorlarning istaganda xizmat avtomobilini yangilashi taqiqlanadi

2021 yildan amaldorlarning xizmat avtomobillarida qayerlarga borayotganini GPS navigator orqali kuzatish yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarida xizmat avtotransportlaridan foydalanish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori loyihasida belgilangan.

Qaror loyihasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda 2021 yil 1 yanvarga qadar:

•    davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng qo‘llash orqali xizmat avtotransportlarini sun’iy yo‘ldosh kuzatish tizimidan (GPS navigator) foydalanib nazorat qilish;

•    tashkilotlar kesimida xizmat avtotransportlari soni, yo‘l bosish yillik limitining belgilangan me’yorlarga muvofiqligini, yonilg‘i sarfi, avtomobil markasi va ishlab chiqarilgan yili hisobini yuritish imkoniyatini beruvchi dasturiy ta’minot ishlab chiqadi va amaliyotga joriy etadi.

Shuningdek, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarida xizmat avtotransportlarining soni, yo‘l bosish yillik limitining belgilangan me’yorlarga muvofiqligini doimiy monitoring qilib boradi. Uning natijalarini har chorak yakuni bo‘yicha o‘zining rasmiy veb-saytida joylashtirib boradi.

Ma’lumot uchun, hujjat loyihasiga ko‘ra, yuqoridagi tartiblarni nazorat qilish uchun Moliya vazirligining markaziy apparati va hududiy bo‘linmalarida boshqaruv xodimlarining belgilangan cheklangan umumiy soni doirasida 3 ta shtat birligidan iborat bo‘lim tashkil etiladi.


Maqola muallifi

Teglar

amaldor xizmat avtomotibili

Baholaganlar

212

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing