1 mlrd so‘mlik kripto-aktivlarni aylantirgan misrlik talaba ushlandi
3-sahifa
−
20:46 1297 1 daqiqa
Jizzax viloyatida noqonuniy kripto-aktiv ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan xorijlik talaba qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Jizzax viloyati IIB Kiberjinoyatlarga qarshi kurash boshqarmasi tomonidan 2002 yilda Misr Arab Respublikasida tug‘ilgan hamda Toshkent shahridagi oliy ta’lim muassasalaridan birida tahsil olayotgan shaxs qonunchilikda belgilangan tartibga rioya qilmagan holda kripto-aktivlar ayirboshlash faoliyati bilan shug‘ullanib kelgani aniqlangan.
Bildirilishicha, tezkor tadbir davomida uning mobil telefoni ko‘zdan kechirilganda kriptovalyutani saqlash, qabul qilish va yuborish uchun mo‘ljallangan maxsus dastur hamda elektron kriptohamyon mavjudligi aniqlangan.
Qayd etilishicha, mazkur elektron kriptohamyon orqali jami 1 milliard 250 million 319 ming 973 so‘mlik kripto-aktivlar ayirboshlangan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Jizzax viloyati IIB tomonidan Jinoyat kodeksining 278-8-moddasi (kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi qonunchilikni buzish) 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida yashovchi 1995 yilda tug‘ilgan shaxs noqonuniy kripto faoliyat bilan shug‘ullangani fosh etilgandi.
Live
Barchasi