1-kurs talabalariga kontraktni to‘lashning so‘nggi muddati belgilandi
Jamiyat
−
09 Oktabr 2020 15532 1 daqiqa
2020/2021 o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga to‘lov- kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar uchun to‘lov haqini o‘tkazish hamda talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning oxirgi muddati belgilandi.
Oliy ta’lim vazirligi xabariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi majlisining bayoni qaroriga muvofiq bu 2020 yilning 1 noyabri etib belgilangan.
Avvalroq, 2020-2021 o‘quv yilida istisno tariqasida talabalikka tavsiya etilmagan bakalavriat abituriyentlariga ro‘yxatdan o‘tish mobaynida tanlagan ikkinchi, uchinchi, to‘rtinchi yoki beshinchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tabaqalashtirilgan ("SUPERKONTRAKT") to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga ruxsat berilgani xabar qilingandi.
Shuningdek, abituriyent o‘zi tanlagan 5 ta yo‘nalishdan bir nechtasiga grant yoki to‘lov-shartnoma asosida qabul qilingan, lekin balli yetmagan yo‘nalishda o‘qishni xohlasa, o‘sha yo‘nalishda super-kontrakt asosida o‘qishi mumkin.
Live
Barchasi