1 dekabrdan Rossiyaga kirishda migrantlarning biometrik ma’lumotlari yig‘iladi
Jamiyat
−
29 noyabr
84021 dekabrdan boshlab Rossiyaga kirish va chiqishda chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uchun biometrik ma’lumotlarni taqdim etish bo‘yicha eksperiment boshlanadi. Bu haqda O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi xabar berdi.
Rossiya tomonining ma’lumotiga ko‘ra, ushbu tajriba Rossiya Federatsiyasi Hukumatining 2024 yil 7 noyabrdagi 1510-sonli qaroriga muvofiq amalga oshirilib, u chet el fuqarosining raqamli profilini yaratishga qaratilgan.
Eksperimentning asosiy bosqichlari:
Birinchi bosqich 2024 yil 1 dekabrdan boshlanadi va 2026 yil 30 iyungacha Moskva aeroportlarida (Sheremetevo, Domodedovo, Vnukovo va Jukovskiy) hamda Mashtakovo avtomobil yuk va yo‘lovchi nazorat punktida (Orenburg viloyati) davom etadi.
Ushbu bosqichda Rossiya Federatsiyasi chegarasini kesib o‘tishda (kirish/chiqish) xorijliklar (shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari) biometrik ma’lumotlarni – yuzning fotografik tasvirini va barmoq izlarini taqdim etadi.
Ikkinchi bosqichda 2025 yil 30 iyundan 2026 yil 30 iyuniga qadar eksperiment kengaytiriladi va Rossiya davlat chegarasi orqali barcha nazorat-o‘tkazish punktlarini qamrab oladi.
Ushbu bosqichda Rossiya Federatsiyasiga vizani talab qilmaydigan tartibda kirishni rejalashtirayotgan chet el fuqarosi (jumladan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ham) eksperiment davomida RFga kirishdan oldin quyidagi harakatlarni amalga oshiradi:
- Yagona portal mobil ilovasidan foydalangan holda identifikatsiya va autentifikatsiyaning yagona tizimida ro‘yxatdan o‘tish tartibidan o‘tadi;
- real vaqt rejimida o‘z fotosuratlarini yagona portal mobil ilovasiga taqdim etadi va biometrik shaxsiy ma’lumotlarini yagona biometrik tizimga joylashtiradi;
Rossiya Federatsiyasiga kirish rejalashtirilgandan kamida 72 soat oldin yoki 4 soatdan kechiktirmasdan (agar shoshilinch davolanish zarurati, qarindoshining o‘limi fakti mavjud bo‘lsa) kirish maqsadlari to‘g‘risida elektron bayonot beradi.
Ushbu eksperiment Rossiya Federatsiyasiga kiruvchi va chiquvchi chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga amal qiladi, bundan mustasnolar quyidagilar:
- Belarus Respublikasi fuqarolari;
- diplomatik vakolatxonalar rahbarlari va xodimlari, ularning oila a’zolari;
- xalqaro tashkilotlarning rahbarlari, xodimlari va ularning oila a’zolari;
- diplomatik yoki xizmat pasportiga ega bo‘lgan shaxslar;
- 6 yoshgacha bo‘lgan bolalar.
“Shu bois, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari e’tiborini Rossiya Federatsiyasiga kirish va chiqishda qabul qiluvchi davlat qoidalariga rioya qilishga qaratamiz”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq ish haqlari oshganiga qaramay Rossiyani deyarli 1 mln migrant tark etgani xabar qilingandi. Mamlakatni tark etganlar esa asosan O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston fuqarolari bo‘lgan.
LiveBarchasi