1 avgustdan elektr energiyasini hisoblashda yangi billing tizimiga o‘tiladi
Jamiyat
−
11 iyul
71713Joriy yilning 1 avgust sanasidan boshlab elektr energiyasini hisoblashda yangi billing tizimiga o‘tiladi. Bu haqda bugun, 11 iyul kuni o‘tkazilgan press-turda “Hududiy elektr tarmoqlari” boshqaruv raisi birinchi o‘rinbosari Alvar G‘aybullayev ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, yangi tizim orqali iste’molchilar kunlik elektr energiyasi sarfini ko‘rib, tekshirib borishlari, muammo yuzaga kelganda shikoyat qoldirishlari mumkin bo‘ladi. Tizim bilan birgalikda mobil ilova ham ishga tushiriladi.
“Bizga zamonaviy billing tizimi kerak edi, 2022 yilning oxirida yangi tizim bo‘yicha texnik shartlar ishlab chiqildi. Joriy yilning 1 avgustidan butun mamlakatda mazkur tizim yangilanadi. Yangi tizimda monitoring ishlarini olib borish maqsadida iste’molchining shikoyat va takliflari, ularning soni ham yozib boriladi. Umuman boshqa billing bo‘ladi”, deydi “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruv raisi birinchi o‘rinbosari.
G‘aybullayevning qo‘shimcha qilishicha, hozirda mazkur tizim sinov tarzida Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida joriy etilgan.
LiveBarchasi