1 avgustda 1500 ga yaqin abituriyent testda ishtirok etmadi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga kirish uchun 1 avgust kuni o‘tkazilgan test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlarning natijalari (to‘plagan ballari) e’lon qilindi.

1 avgust kuni test sinovlari 66 ta binoda ikki smenada o‘tkazildi. Test sinovlarida 71340 nafar abituriyent ishtirok etishi belgilangan. Biroq test sinovlarida 69870 nafari ishtirok etdi. Bu haqda QALAMPIR.UZ muxbiri DTM vakiliga tayanib xabar berdi.

1419 nafar abituriyent turli sabablar bilan imtihonda ishtirok etmadi. Turli qoidalarni buzgani uchun 13 nafar abituriyent hududga kirish joyida imtihondan chetlashtirildi. 35 nafar abituriyent binoda qoidani buzgani uchun test sinovidan chetlashtirildi.

Savollar varaqalari 2-smena test sinovlari yakunlangach, davlat feldgerlik xizmati tomonidan Davlat test markaziga yetkazilgan. Toshkent shahrida esa 1-smena yakunlangach, savollar varaqasini DTMga yetkazish boshlangan.


Maqola muallifi

Teglar

OTM imtihon DTM

Baholaganlar

38

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing