1,6 mlrd so‘mlik noqonuniy tovarlar bojxonadan o‘tmay qoldi

Jamiyat

image

Chegarada O‘zbekistonga olib kelinayotgan umumiy qiymati 1,6 mlrd so‘mdan ortiq bo‘lgan tovarlar ushlandi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi Matbuot xizmati ma’lum qildi.

Toshkent shahar bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari tomonidan “Toshkent-tovar” va “Chuqursoy texnik-idora” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postlari xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbir davomida tadbirkorlik sub’ektlaridan birining nomiga xorijdan keltirilgan 2 ta yuk konteyneri belgilangan tartibda ko‘zdan kechirilgan.

Natijada, mazkur konteynerlanda yo‘l-yuk kuzatuv hujjatlarida ko‘rsatilmagan, hasharotlarga qarshi qo‘llaniladigan 68 ming 500 dona fumigatorlar, 162 ming dona tortlar uchun mo‘ljallangan feyrveklar hamda 15 ming dona shishiriladigan bolalar koptoklari borligi aniqlandi.

Mazkur tovarlarning umumiy qiymati esa  1 mlrd. 663 mln. so‘mdan oshmoqda.

Hozirda mazkur holat yuzasidan protsessual hujjatlar rasmiylashtirilib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

bojxona

Baholaganlar

66

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing