1 000 000 AQSH dollari banknotasini sotmoqchi bo‘lgan firibgar ushlandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Uychi tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro S.L. boshqa fuqaroning ishonchiga kirib, uni aldab, xorijiy banklardan kredit olib berish va o‘zining 1 mln AQSH dollari ko‘rinishidagi kupyurasini sotish evaziga, undan firibgarlik yo‘li bilan 10 000 AQSH dollarini olgan vaqtida  ushlangan.

Bank ma’lumotiga ko‘ra, 1 000 000 AQSH dollarlik banknota suvenir sifatida chiqarilganligi, qonuniy to‘lov vositasi hamda valyuta qimmatligi hisoblanmasligi ma’lum bo‘lgan.

Mazkur holat yuzasidan S.L.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
 


Maqola muallifi

Teglar

Bosh prokuratura

Baholaganlar

172

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing