Bloger Mercedes-Benz avtomobilini yoqib yubordi (video)

Olam

Rossiyalik bloger Mixail Litvin narxi 13 million rubl bo‘lgan Mercedes GT63s avtomobilini yoqib yubordi.

O‘tgan yil may oyida bloger o‘zi orzu qilgan Mercedes-Benz AMG GT63S avtomobilini 13 million rublga sotib olgandi. 

Taxminan 2 oy avval blogerning avtomobilida birinchi nosozlik yuzaga keladi – mashina yo‘lning o‘rtasida to‘xtab qoladi va panelda "chek" deb nomlangan yozuv paydo bo‘ladi.

Keyin mashina rasmiy dilerga olib borilgan. U yerda muammo aniqlanib, tuzatilgan. Birozdan keyin mashinada yana "chek" yozuvi paydo bo‘ladi va “avariya” rejimiga o‘tib qoladi.

“Mercedes kompaniyasi bilan mojarodan keyin “Akula"mni nima qilish kerakligi haqida uzoq vaqt o‘yladim”, deb yozgan bloger. 

Uning YouTube'dagi kanaliga joylashtirilgan videoda bloger avtomobilini ovloq joyga haydab borgani va avtomobil yukxonasidagi benzinni mashina ustidan quyib, unga o‘t qo‘ygani aks etgan. Ushbu video 3 kun ichida 10 milliondan ortiq foydalanuvchi tomonidan tomosha qilingan. 


Maqola muallifi

Teglar

Mercedes-Benz Mixail Litvin

Baholaganlar

525

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made