Venesuela Prezidentining oilasi ham Rossiyaning “Sputnik V” vaksinasiga ishonch bildirdi

Olam

image

Venesuela Prezidenti Nikolas Maduroning o‘g‘li va opasi Rossiyaning koronavirusga qarshi "Sputnik V" vaksinasi sinovida ko‘ngillilar qatorida ishtirok etadi. Bu haqda Prezidentning o‘zi ma’lum qildi.

Davlat rahbarining o‘g‘li Nikolas Maduro Gerra va opasi, shifokor-anesteziolog Mariya Tereza Maduro vaksina sinovlarining uchinchi bosqichida ko‘ngillilar sifatida ishtirok etishga qaror qilishgan.

"Uchinchi bosqichda o‘g‘lim va opam ishtirok etishadi. O‘ylashimcha, bu juda yaxshi. O‘zim esa, ommaviy emlashni boshlaganimizdan so‘ng, birinchi bo‘lib emlanaman", degan Maduro. 

Prezidentning aytishicha, mamlakatda dastlab tibbiyot xodimlari, o‘qituvchilar va qariyalar emlanadi. 

Ma’lumot uchun, Rossiyaning yangi koronavirusga qarshi "Sputnik V" vaksinasining ilk partiyasi o‘tgan hafta Venesuelaga yetkazib berilgandi

Koronavirus pandemiyasi boshlangandan buyon Venesuelada 70 mingdan ortiq kasallik yuqtirish holati kuzatilgan. 

Dunyo bo‘ylab koronavirusga chalinganlar soni esa 35 milliondan oshgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

45

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing