Rossiyada koronavirusdan vafot etganlar 19 mingga yaqinlashdi

Olam

image

Rossiyada koronavirus bilan zararlanish holatlari yana ortib bormoqda. O‘tgan sutkada 5 670 kishida koronavirus aniqlandi. Ushbu xavfli virusdan vafot etganlar 19 mingga yaqinlashdi Bu haqda tezkor shtab ma’lumotlarida ma’lum qilingan.  

Hozirgacha Rossiya Federatsiyasining 84 mintaqasida jami 1 million 79 519 kishida koronavirus infeksiyasi kasalligi qayd etilgan. 

Koronavirus pandemiyasi boshlangandan buyon Rossiyada 18 917 kishi ushbu virusdan vafot etdi.  O‘tgan sutka davomida 132 ta o‘lim qayd etildi. Bu umumiy bemorlar sonining 1,75 foiziga to‘g‘ri kelmoqda. 

Ayni vaqtda umumiy bemorlarning 890 114 nafari yoki 82,4 foizi sog‘aygan. O‘tgan sutkada ushbu virusdan sog‘ayganlar 5 809 kishini tashkil etmoqda. 

Rossiya koronavirus eng ko‘p qayd etilgan mamlakatlar qatorida Rossiya to‘rtinchi o‘rinda bormoqda. Undan avval AQSH (6 million 788 147), Hindiston (5 million 20 359), Braziliya (4 million 384 299) bormoqda. 

Dunyo bo‘ylab koronavirusga chalinganlar 29 million 734 175 nafarni tashkil etmoqda. Ularning 21 million 546 862 nafari yoki 72,4 foizi sog‘aygan. 939 289 kishi yoki ushbu virusga chalinganlarning 3,1 foizi vafot etgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya

Baholaganlar

91

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing