Kuz-qishda farg‘onaliklarga suyultirilgan gaz qariyb 50% ko‘p yetkazib beriladi

Jamiyat

image

2020-2021 yillar kuz-qish mavsumida Farg‘ona viloyatiga jami 1717,2 million kub metr tabiiy gaz yetkazib beriladi. Bu o‘tgan mavsumga nisbatan 241.5 million kub.metrga yoki 16,4 foizga ko‘p. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi xabar bermoqda. 

Kecha, 10 sentyabr kuni Energetika vaziri Alisher Sultonov boshchiligidagi maxsus shtab a’zolari Farg‘ona viloyatida bo‘lib, hududlarda aholi va byudjet tashkilotlarini 2020-2021 yillarda kuz-qish mavsumida elektr energiyasi, tabiiy va suyultirilgan gaz hamda ko‘mir bilan ta’minlash borasidagi amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishgan. 

Bu yilgi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari yuzasidan mutasaddilarga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berilgani aytilmoqda. 

“Suyultirilgan gaz iste’molchilariga gaz ballonlarini o‘z vaqtida va sifatli yetkazib berish lozim. Bu borada gaz ballon uskunalarini mahalliylashtirish ishlarini boshlash kerak. Buning natijasida gaz ballon zaxiralarini yanada ko‘paytirishga, bu esa iste’molchilarga gaz ballonlarini o‘z vaqtida hamda uzluksiz yetkazib berilishiga xizmat qiladi”, deydi vazir Alisher Sultonov.

Vazirlikning xabar berishicha, Farg‘ona viloyati iste’molchilariga 2020-2021 yillar kuz-qish mavsumida jami 1717,2 million kub metr tabiiy gaz yetkazib beriladi. Bu o‘tgan mavsumga nisbatan 241.5 million kub.metrga yoki 16,4 foizga ko‘p.  

Farg‘onada tabiiy gaz iste’molchilari soni 320 362 ta bo‘lib, shundan 3 571 ta yuridik va 316 791 ta jismoniy iste’molchi (xonadon) mavjud.

Viloyatda iste’molchilarini tabiiy va suyultirilgan gaz bilan ta’minlash uchun uzunligi 7 135,2 km bo‘lgan gaz quvurlari va 8 367 ta gaz taqsimlash punktlaridan foydalaniladi.

Iste’molchilarga yanada sifatli xizmat ko‘rsatish maqsadida viloyatda joriy yilning 1 oktyabridan boshlab 20 ta maxsus texnika va 80 nafar xodimlardan iborat 20 ta brigada faoliyat yurita boshlaydi.  

Shuningdek, viloyat iste’molchilariga 2020-2021 yillar kuz-qish mavsumida jami 54 751 tonna suyultirilgan gaz yetkazib berish rejalashtirilgan. Bu o‘tgan mavsumga nisbatan 17 894,5 tonnaga yoki 48,6 foizga ko‘p.

Iste’molchilarga 21 ta vagonsisterna, 18 ta avtotsisterna va 93 ta ISUZU rusumli maxsus avtotransportlarda suyultirilgan gaz yetkazib berilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Energetika vazirligi Alisher Sultonov

Baholaganlar

19

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing