Adliya tizimi xodimlari orasida koronavirusdan ilk o‘lim qayd etildi

Jamiyat

image

Davlat xizmatlari agentligining Navoiy viloyati boshqarmasi bosh yuriskonsulti Dexkanov Adhamjon Tajibayevich COVID-19 koronavirus infeksiyasidan vafot etdi. Bu haqda Adliya vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Ko‘p yillar malakali huquqshunos sifatida xalq xizmatida bo‘lgan, asosan huquq tartibot idoralarida faoliyat yuritgan, prokuratura tizimi uchun qator islohotlarda ishtirok etgan Adhamjon Dexkanov 2018 yilning dekabr oyidan Davlat xizmatlari agentligi sohasiga kirib keldi, tizimda yoshlarga murabbiylik qildi.

“Adliya vazirligi jamoasi Davlat xizmatlari agentligining Navoiy viloyati boshqarmasining bosh yuriskonsulti Dexkanov Adhamjon Tajibayevichning bevaqt vafoti munosabati bilan uning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi”, deyilgan vazirlik xabarida.

Avvalroq, Ichki ishlar vazirligi tizimidagi ikki xodim ham koronavirusdan vafot etgani ma’lum bo‘lgandi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 14 466 nafarga yetdi. Hozirgacha ularning 8 343 nafari sog‘aygan va 69 nafari vafot etgan.

 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

273

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing