Prezident Moskvadan qaytgach, o‘zini o‘zi yakkalash rejimiga o‘tadi – Qirg‘iziston Prezidenti devoni
Olam
−
24 iyun 2020
11673Avvalroq, Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Moskva shahrida o‘tadigan Ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan erishilgan g‘alabaning 75 yilligi tantanali marosimida ishtirok etish uchun Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan Moskvaga tashrif buyurgani haqida xabar bergan edik.
Qirg‘iziston delegatsiyasi a’zolari – Prezidenti devoni tashqi siyosat bo‘limi boshlig‘i Daniyar Sidiqov va bir nafar xavfsizlik xizmati xodimida koronavirus aniqlanishi oqibatida Prezident Sooronboy Jeenbekov G‘alaba paradida ishtirok etmadi.
Ayni vaqtga qadar Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati Sooronboy Jeenbekovning nega G‘alaba paradida ishtirok etmaganiga aniqlik kiritmadi. Delegatsiya a’zolarida koronavirus aniqlangani haqida ham miq etmadi.
RIA Novostining Prezident devoniga tayanib yozishicha, Prezident Jeenbekov Qirg‘izistonga qaytgach, faoliyatini o‘zini o‘zi yakkalash rejimida davom ettiradi.
Qayd etilishicha, davlat rahbari va delegatsiya a’zolari Qirg‘izistonga qaytgach, koronavirus testini topshiradilar va tartibga ko‘ra 14 kun izolyatsiyaga olinadilar.
Ma’lumot o‘rnida, Qirg‘izistonda koronavirusga chalinish holatlari 3726 tani tashkil etmoqda. Mamlakatda ushbu kasallikdan 2082 kishi sog‘aygan, 42 kishi vafot etgan.
LiveBarchasi