2020-2021 o‘quv yili uchun kvota OTMlar o‘rtasida qanday taqsimlandi?

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2020/2021 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Prezident qarori bilan 2020/2021 o‘quv yili uchun qabul kvotalari tasdiqlandi:

bakalavriat:

•    kunduzgi ta’lim shakliga – 103 575 nafar;

•    sirtqi ta’lim shakliga – 31 350 nafar;

•    kechki ta’lim shakliga – 5 025 nafar.

magistratura – 10 425 nafar.

Qaror bilan joriy yildan abituriyentlarga test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi hamda fanlar ketma-ketligi bir xil bo‘lgan beshtagacha bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tanlovda ishtirok etishi mumkin bo‘ldi.

Bundan tashqari, Mahalla va oilani qo‘llab quvvatlash vazirligi tomonidan beriladigan tavsiyanomaga ega bo‘lgan xotin-qizlar uchun bakalavriatning kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha umumiy belgilangan davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlariga nisbatan qo‘shimcha to‘rt foizli davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari ajratildi.

Bakalavriatning kunduzgi ta’limi uchun jami kvota OTMlar o‘rtasida quyidagicha taqsimlandi


Maqola muallifi

Teglar

OTM imtihon kvota

Baholaganlar

803

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing