Bo‘stonliq tumanida kuchli yomg‘ir va sel kelishi kuzatildi

Jamiyat

image

Kecha, 13 may kuni soat 17:15 dan 21:30 ga qadar Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumani tog‘ oldi hududlarida kuchli yomg‘ir va sel kelishi kuzatildi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi xabar berdi.

Natijada tumandagi “Qoramozor” MFY hududidagi ichki yo‘lida sel kelishi, “Parkent kanali” PK-54 qismiga suv to‘planib toshishi, “Dumaloq”, “Tovoqsoy”, “Xondaylik”, “Iskandar”, “Qo‘shqo‘rg‘on” MFY ichki ko‘chalari va bir nechta aholi xonadonlariga yog‘ingarchilik suvlari to‘planishi kuzatildi.

Ta’kidlanishicha, Sel kelishi o‘z vaqtida bartaraf etildi. Aholi xavfsizligini ta’minlash va himoya tadbirlari maqsadida jami 189 nafar ishchi xodim, 26 ta muhandislik texnikalari jalb etildi. Viloyat FVB tomonidan 14 ta maxsus texnika va 44 ta qutqaruvchi jalb etildi. 

Sel kelishi oqibatida aholi orasida tan jarohati olganlar to‘g‘risida xabar kelib tushmagan.

Avvalroq, kuchli yomg‘ir yog‘ishi natijasida Surxondaryo viloyatining Boysun va Oltinsoy tumanlariga sel kelgani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent viloyati sel

Baholaganlar

153

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing