Dang‘ara tumaniga yangi hokim tayinlandi

Jamiyat

image

Bugun, 4 aprel kuni xalq deputatlari Dang‘ara tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda tashkiliy masala ko‘rildi. Bu haqda Farg‘ona viloyati hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Farg‘ona viloyat hokimi Shuhrat G‘aniyevning qaroriga ko‘ra Shuhratjon Nurmuhammadovich Tojihakimov Dang‘ara tumani xokimi etib tayinlandi. 

Ushbu qaror xalq deputatlari Dang‘ara tumani kengashi sessiyasi tomonidan tasdiqlandi. Shuhratjon Tojihakimov bunga qadar Yozyovon tumani hokimining 1-o‘rinbosari bo‘lib ishlagan. 

Ilgari Dang‘ara tuman hokimi bo‘lib ishlagan Saidmurod Aminjonov viloyat hokimi o‘rinbosari – mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash viloyat boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlangandi.

Avvalroq, Farg‘onaning Marg‘ilon va Quvasoy shaharlarida hokim o‘zgargani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

tayinlov Dang'ara tumani

Baholaganlar

143

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing