Senat yalpi majlisiga Jahongir Ortiqxo‘jayev kelmasa ham qizi keldi (eksklyuziv fotoreportaj)

Bu qiziq

image

Avval xabar berganimizdek, bugun, 28 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining ikkinchi yalpi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda jami 85 nafar senator ishtirok etdi. Quyida QALAMPIR.UZ muxbiri Bahodir Ahmedov olgan suratlarni taqdim etamiz. 

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahar Yashnobod tumanidagi loyihalarni ko‘zdan kechirgani bois, yalpi majlisda Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev qatnashmadi. 

Yalpi majlis boshlanish arafasida

Yalpi majlisda Senat a’zolari tomonidan ijtimoiy-iqtisodiy, sud-huquq sohalaridagi islohotlarni izchil davom ettirish, mahalla va oila institutini mustahkamlash, bolalar huquqlarini himoya qilishga qaratilgan bir qator qonun hujjatlari muhokama qilindi.

“O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida”gi, “Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi, “Metrologiya to‘g‘risida”gi, “Xalqaro tijorat arbitraji to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari shular jumlasidandir. 

Shuningdek, senatorlar bola huquqlarining qo‘shimcha kafolatlari belgilanishi, sud ish yurituviga axborot texnologiyalarini joriy etish davom ettirilishi va nizolarni sudgacha hal qilish muddatlari maqbullashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishni nazarda tutadigan qonunlarni ko‘rib chiqdilar.  

Ikki viloyat hokimi

Senat a’zolari O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2019 yilda ichki ishlar organlarining jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish sohasidagi faoliyati to‘g‘risidagi, O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining 2019 yilda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarish bo‘yicha faoliyati haqidagi axborotlarini eshitdilar. 

Fotograf izzatda

O‘zbekiston Respublikasi Parlamenti tarixida ilk bor, yalpi majlisda oliy ta’lim muassasalarining faol talabalari ham ishtirok etdi. QALAMPIR.UZ kameralari yoshlar orasida Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevning uchinchi qizi Komila Ortiqxo‘jayevani payqadi. Bilishmizcha, Ortiqxo‘jayevning qizi Toshkent xalqaro vestminster universiteti talabasi. 

Senatning birinchi yalpi majlisida yangi senatorlar hali qadar vaziyatga moslashmagan bo‘lsa-da, unda muhim masalalar muhokama qilindi. Biroq, otashli nutqlar oz bo‘ldi. Xullas bularning barchasi haqida keyingi maqolalarda so‘z yuritamiz.

Majlisdan oldin hamma koronavirusdan tekshirildi

Davlat va nodavlat tashkiloti rahbarlari

G‘aniyev va sobiq vazir

Andijonlik senatorlar

Alisher Sa’dullayev, Komila Ortiqxo‘jayeva va Yoshlar ittifoqi a’zolari

Musa Yerniyazov

Elyor G‘aniyev

Kamerani payqagan G‘aniyev

Andijon va Xorazm hokimlari

Do‘stona munosabat

Sobiq madaniyat vaziri

Qobul Tursunov

Do‘ppi kiygan senatorlar

Ombudsman va boshqalar

Hayratli nigohlar

Salomlashish odobi

Senat rahbarlari texnikalari

Rahbarlar qadami

Yuqoridan manzara

Muhokamalar avvali

Topshiriq olayotgan qo‘mita rahbarlari

Dilorom Toshmuhammedova

Bamaslahat ish

Ovoz berish jarayoni

Oliy sudning yangi sudyalari

Safoyev - atoqli arbob

Ombudsmanning yangi o‘rinbosari

Parlamentga tutilgan IIV

Senatda tizilgan IIV

E’tiroz

E’tirozlarga uchrayotgan hukumat vakili

Adabiyot vakillari

Farida Abdurahimova – faxriy senator

Adliya vaziri va Bosh prokuror o‘rinbosari

Qarsaklar avjida

  


Maqola muallifi

Teglar

Senat fotoreportaj

Baholaganlar

645

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing