Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Koreyada ishga joylashish bo‘yicha ma’lumot berdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Matbuot xizmati Janubiy Koreya Respublikasi hududida ishga joylashishning 6 ta bosqichi haqida ma’lumot berdi.

Unga ko‘ra,

1-bosqichda bilimni baholash markazida koreys tilini bilish darajasi bo‘yicha testdan muvaffaqiyatli o‘tish lozim bo‘ladi.

2-bosqichda esa Koreyaning Inson resurslarini rivojlantirish xizmati (HRD) tomonidan o‘tkaziladigan EPS-TOPIC test imtihonidan o‘tish kerak bo‘ladi.

3-bosqich o‘z ichiga HRD vakillari tomonidan o‘tkaziladigan malaka testida (skill test) quyidagi mashqlar va suhbatni o‘z ichiga oladi:

– rang ajratishni sinash (daltonizm);

– jismoniy mashq (qo‘l kuchini sinash, bo‘y va vazn o‘lchash, og‘irlik ko‘tarish mashqi);

– malaka testi (rangli xalqachalarni ajratish va joy-joyiga qo‘yish, po‘lat simlarni belgilangan hajmda qirqish, probirkalarda belgilangan hajmni o‘lchash, temir xalqalarni joy-joyiga joylashtirish);

– koreys tilida mutaxassis bilan suhbatlashish;

4-bosqichda malaka testidan muvaffaqiyatli o‘tgan fuqarolar HRD tomonidan belgilangan muddatlarda Koreya ish beruvchilarining maxsus SPAS bazasiga kiritiladi.

5-bosqichda esa Koreya tomonidan shartnoma loyihasi taqdim etilgan fuqarolar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, o‘qish va adaptatsiya jarayonlaridan o‘tadi.

6-bosqichda Janubiy Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi konsullik xizmati tomonidan fuqarolarga viza rasmiylashtiriladi va 4 yil 10 oy muddatga mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun jo‘nab ketiladi.

Eslatma!

Fuqarolarni Koreya Respublikasiga ishga jo‘natish (E-9 ishchi viza) huquqiga ega yagona tashkilot Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi hisoblanadi, xususiy bandlik agentliklarining bunga vakolati yo‘q.


Maqola muallifi

Baholaganlar

166

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing