“Janozasini o‘qimaysanmi?” – Internetda tarqalgan ovoz Shuhrat G‘aniyevnikimi, yo...

Jamiyat

Hokimlarni sazoyi qilgan shanbalar. Bunda qanday sir bor? north_east

Hokimlarni sazoyi qilgan shanbalar. Bunda qanday sir bor?

Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyevniki ekani aytilayotgan ovozli yozuv tarqaldi. Unda hokim joriy yilning 2 dekabr kuni o‘tkazilgan selektor yig‘ilishida Quvada gaz yo‘qligiga norozilik bildirib, avtomobil yo‘lini to‘sish voqeasini ijtimoiy tarmoqqa qo‘ygan shaxsning “janozasi o‘qilmagani” uchun Quva tumani hokimini tergagani qo‘shimcha qilinmoqda. 

Ovoz egasi Quva tumani hokimi Ravshan Qurbonovga baqirayotgani aytiladi. Hokim esa javobida Shuhrat Madaminovich deb murojaat qiladi.

– Mana kecha, Quvada, qarzni to‘lab qo‘yishni o‘rniga nima bo‘lyapti, Quvada? Kim ekan o‘sha, telefonda gapirgan, o‘sha ko‘chaga chiqvolib moshinalar o‘tyapti mana hozir... A, oooov tuman hokimi?

Quva tumani hokimi: – Salomaleykum.

Shuhrat G‘aniyev: – Salomaleykum. Qani o‘sha?

Quva tumani hokimi: - Shuhrat Madaminovich, aniqlashtir deganingizga aniqlashtirish....

Shuhrat G‘aniyev: – Aniqlashtirish kerak emas, qachon o‘qiladi uning janozasi?

Quva tumani hokimi: – Chorasini ko‘rdik...

Shuhrat G‘aniyev: – Chora ko‘rish emas bu og‘ayni, janozasi o‘qilsa, keyin hisob endi uni.

Quva tumani hokimi: – Tushunarli...

Shuhrat G‘aniyev: – Nima deganing u tushunarli.

Quva tumani hokimi: – Mana reja tuzdik hozir boshlandi...

Shuhrat G‘aniyev: – Katta xolangikiga boshlandimi? A? Ammangni sumalagi boshlandimi? Hosil bayramidan mahrum bo‘lding, tamom.

QALAMPIR.UZ mazkur ovozli yozuvga aniqlik kiritish maqsadida Farg‘ona viloyati hokimiyati Matbuot xizmati rahbari Muhammadjon Obidov bilan bog‘landi. Hokimlik vakili audioyozuvga oid fikrlarini xorijiy ommaviy axborot vositalariga bayonot shaklida bergani, yana o‘sha gaplarda sobit turishini qayd etdi. 

“Birinchidan, audioyozuv montaj qilinganga o‘xshaydi. So‘zlar aniq emas. Uzuq yuluq bir-biriga ulangani shundoq bilinib turibdi. Bunday yozuv ishonchga sazovor emas.

Ikkinchidan, hosil bayramidan xech kim mahrum qilingan emas. Viloyatning barcha tumanlari, jumladan quvaliklar xam ishtirok etganlar.

Uchinchidan, bu aslida kimning ovozi, bu ham munozarali.

To‘rtinchidan, hatto bu yetkazuvchining manfaati yo‘lida qayta montaj qilingan yozuv bo‘lsada, u ichki, tor doirada o‘tgan yig‘ilishdagi hokimlik tizimi xodimlariga nisbatan aytilgan bo‘lishi kerak”, degan Obidov. 

Ma’lumot o‘rnida, bundan bir necha kun avval ijtimoiy tarmoqlarda 35 yashar marg‘ilonlik tadbirkor Dilmurod Jalilov Telegram kanalida 29 noyabr kuni videomurojaat tarqalgan edi. U Marg‘ilonda gaz va svet yo‘qligi haqida gapira, xalqni qiynaëtgan muammolarni hal qila olmaëtgan Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyevdan iste’foga chiqishni so‘ragan edi.


Maqola muallifi

Teglar

hokim Shuhrat G'aniev Ravshan Qurbonov

Baholaganlar

1143

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing