Prezident erkin savdo zonasini tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatma berdi

Jamiyat

image

Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev boshchiligida Termiz shahrida Surxondaryo viloyati va tumanlar hokimlari, sektorlar rahbarlari, respublikadan kelgan mutasaddilar, faollar ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Unda Davlat rahbari Surxondaryo viloyati iqtisodiyotining bugungi holatini tahlil qilib, uni rivojlantirish bo‘yicha muhim yo‘nalishlarni belgilab berdi.

Avval rejalashtirilgan loyihalarni bajarish bilan birga kelgusi ikki yilda amalga oshiriladigan, umumiy qiymati 13 trillion so‘mlikdan ziyod yangi investitsiya loyihasi ishlab chiqilgani qayd etildi.

To‘qqiz oyda viloyat korxonalari tomonidan 125 million dollarlik eksport amalga oshirilib, prognoz 104 foizga bajarilgan. Eksportni ko‘paytirish uchun "Termiz Kargo Sentr" logistika markazi hududida erkin savdo zonasini tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatma berildi. Bu zonaga muayyan yo‘nalishlardan vizasiz kirish, eksport-import va tranzit yuklari uchun bojxona, karantin va boshqa xizmatlarni "Yagona darcha" tamoyili asosida amalga oshirish mumkin bo‘ladi.

Qishloq xo‘jaligini diversifikatsiya qilishni davom ettirish, 2020 yilda Angor, Qiziriq, Muzrabot,  
Termiz va Sherobod tumanlarida 40 ming gektarga ingichka tolali g‘o‘za navlarini joylashtirish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi. Yer maydonlaridan kelib chiqib, klasterlar tomonidan yirik chorvachilik komplekslari tashkil qilish vazifasi qo‘yildi. 

Viloyatda bir yilda tayyorlanadigan 870 ming donadan ortiq terini qayta ishlaydigan birorta ham korxona yo‘qligi tanqid qilinib, «O‘zcharmsanoat» uyushmasi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, viloyat hokimligiga zamonaviy charm-poyabzal korxonalari tashkil etish bo‘yicha topshiriq berildi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev

Baholaganlar

34

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing