Madrimov navbatdagi jangga Nyu-York ko‘chalarida tayyorlanyapti

Sport

image

O‘zbekistonlik professional bokschi Isroil Madrimov 5 oktyabr kuni o‘tkaziladigan navbatdagi janggiga hozirlik ko‘rmoqda.

U prof boksdagi uchinchi bahsini meksikalik Alexandro Barreraga qarshi o‘tkazadi. Barrera shu paytgacha 34 bor ringga ko‘tarilgan bo‘lib, 29 jangda g‘alaba qozongan va 5 bor mag‘lubiyat alamini ta’tib ko‘rdi. 

Ayni paytga kelib Madrimov Nyu-Yorkda tayyorgarlikning so‘nggi bosqichini olib bormoqda. E’tiborlisi, bokschi Nyu-Yorkdagi markaziy ko‘chalarning birida ochiq mashg‘ulot o‘tkazdi. Uni tomosha qilish uchun shaharda istiqomat qilayotgan o‘zbekistonliklar va ko‘p sonli boks muxlislari tashrif buyurishdi.

Bo‘lajak jang mashhur “Medison skver garden” arenasida o‘tkaziladi. Unda markaziy bahs qozog‘istonlik Gennadiy Golovkin va ukrainalik Seregiy Derevyanenko o‘rtasida kechsa, mutaxassislar Madrimov ishtirokidagi jangni ahamiyati jihatidan undan keyingi pog‘onaga qo‘yishmoqda. 

Bo‘lajak to‘qnashuv Toshkent vaqti bilan taxminan tonggi soat 06:00dan keyin boshlanadi. Boks ixlosmandlari Madrimov-Barrero o‘rtasidagi jangni “Sport” telekanali orqali to‘g‘ridan to‘g‘ri tomosha qilishlari mumkin.
 


Maqola muallifi

Teglar

Isroil Madrimov

Baholaganlar

113

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing