Bahodir Jalolovning raqibi ma’lum bo‘ldi

Sport

image

Avval xabar berganimizdek, Rossiyaning Yekaterinburg shahrida o‘tkazilayotgan jahon chempionati o‘z yakuni sari yaqinlashmoqda.

Kecha, 18 sentyabr kunidagi dasturdan o‘rin olgan so‘nggi jangda o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustasi Bahodir Jalolov chorak final bahsida ringga ko‘tarilgandi. 91 kilogramm vazn toifasidagi Jalolov AQSH vakili Richard Torresni birinchi raunddayoq chuqur nokautga uchratib, yarim finalga yo‘l olgan edi.

Endi Bahodir yarim final jangida rossiyalik Maksim Babaninga qarshi ringga chiqadi. Babanin kecha,18 sentyabr kuni angliyalik bokschiga 2:3 hisobida imkoniyatni boy bergandi. Lekin mezbonlar protest berish orqali mag‘lubiyatni g‘alabaga aylantirdi.
 


Maqola muallifi

Teglar

boks Jalolov

Baholaganlar

60

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing