Mourinoni Londonda ko‘rishdi. U 2 marta haydalgan joyiga qaytishi mumkin
Sport
−
11 iyun 2019 6658 1 daqiqa
Portugaliyalik mutaxassis uchinchi marta “Chelsi” bosh murabbiyi etib tayinlanishi mumkin.
Ma’lum bo‘lishicha, hozirda jamoani boshqarayotgan Mauritsio Sarri Londonni tark etib Turinning “Yuventus” klubini qabul qilib oladi. Yangi bosh murabbiy “Chelsi” bilan keyingi mavsumda premer ligada kamida to‘rtinchi o‘rinni qo‘lga kiritishi kerak.
Xabar qilinishicha, 10 iyun kuni 56 yoshli Mourino Londonda o‘z agenti bilan uchrashgan.
Eslatib o‘tamiz, portugaliyalik mutaxassis “Chelsi”da 2004-2007 va 2013-2015 yillarda ishlagan. Joze o‘tgan yilning dekabr oyida MYUdan bo‘shatilgandan buyon ishsiz yuribdi.
O‘tgan mavsumda “Chelsi” Sarri qo‘l ostida APLda 3-o‘rinni egalladi va Yevropa Ligasida zafar quchgan edi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr