Navoiyda shifokorga tahdid qilgan shaxsga nisbatan ma’muriy ish ochildi

Jamiyat

image

Bir necha kunlar oldin ijtimoiy tarmoqlarda Navoiy viloyatida fuqaroning shifokorga tahdid qilgani tasvirlangan video tarqalgan edi.

Bosh prokuratura Matbuot xizmatining QALAMPIR.UZ muxbiriga ma’lum qilishicha, 2019 yil yanvar oylarida Navbahor tumani Arabxona mahallasida yashovchi I.E. o‘zining voyaga yetmagan farzandini sog‘ligi yomonlashib davolatish maqsadida Navbahor tumani Tibbiyot birlashmasi qabul bo‘limiga olib kelgan.

U farzandini sog‘ligi yaxshi emasligi to‘g‘risida qabul bo‘limi navbatchi vrachi A.E.ga murojaat qilganida navbatchi vrach A.E. bolalar shifokori emasligini, pediatr shifokori boshqa bemorni ko‘rayotganligini unga telefon qilib darxol chaqirganligini va pediatr shifokor kelgandan so‘ng u kelib uni farzandini ko‘rishini ma’lum qilgan. 

Shu payt fuqaro I.E. navbatchi shifokor A.E.ga tahdid qilib, “bu yer senga tibbiyot instituti emas, javobgarlikni his qilasanmi, bor topib kel, operatsiya deysan, tekshiryapti deysan, sen hali o‘ynashyapsanmi, mol do‘xtiri” degan so‘zlar bilan shifokorga haqoratomuz so‘zlarni gapirgan. (Mazkur holat tibbiyot birlashmasi xodimlari tomonidan vediotasvirga olingan).  

Shifokor A.E. ushbu holat yuzasidan avval murojaat etmaganligi sababli uning arizasi Navbahor tumani IIB tomonidan joriy yilning 8 iyun kuni qayddan o‘tkazilgan. Navbahor tuman IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilib, 9 iyun kuni fuqaro I.E.ga nisbatan MJtKning 183-moddasi bilan ma’muriy javobgarlikka doir ish qo‘zg‘atilib, ko‘rib chiqish uchun Navbahor tuman ma’muriy sudiga yuborildi.


Maqola muallifi

Teglar

Jinoyat Bosh prokuratura shifokorga tahdid

Baholaganlar

93

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing