Mirziyoyev: Suriyadan qaytganlarga konstitutsiyaviy chora ko‘rilmaydi
Jamiyat
−
03 iyun 2019 6808 1 daqiqa
Xabaringiz bor, ayni paytda Toshkent viloyati hokimligida Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.
Toshkent viloyati hokimligining xabar berishicha, Prezident Shavkat Mirziyoyev maxsus topshiriqqa binoan, Suriyada bo‘lib o‘tayotgan urush hududidan olib kelingan 156 nafar O‘zbekiston fuqarolari, asosan ayollar va bolalar haqida fikr bildirar ekan shunday degan:
“Uyat bo‘lsa ham aytish kerak, 156 nafar Suriyaga ketganlar nima uchun ketgan? Kimni izlab ketgan? Tan olish kerak, biz ularga sharoit yaratib bermaganimiz uchun ketgan!
Men konstitutsiyaga ko‘ra, ularga chora ko‘rishim kerak aslida. Lekin, men unday qilmayman. Chunki, ular o‘zbek, bizning Vatandoshlarimiz!..
Ularni Vatanga olib kelish azob bo‘ldi. Juda og‘ir bo‘ldi. Biz hammamiz bu holatni chuqur o‘ylashimiz kerak”, deb aytib o‘tgan Prezident.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr