Turin politexnika universitetiga yangi rektor tayinlandi
O‘zbekiston
−
01 Iyun 2019 8349 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan Uktam Raximovich Salomov Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetining rektori etib tayinlandi. Bu haqda Adliya vazirligining "Huquqiy axborot kanalida ma’lum qilindi.
Uktam Salomov bungacha Andijon mashinasozlik institutining rektori lavozimida faoliyat yuritgan.
Ma’lumot uchun, Turin politexnika universitetining avvalgi rektori Kongratbay Avezimbetovich Sharipov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yilning 27 mayidagi qarori bilan oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziriga birinchi o‘rinbosar etib tayinlangan edi.
Kongratbay Sharipov 2017 yildan beri Toshkentdagi Turin politexnika universiteti rektori lavozimida foliyat olib borayotgandi.
Live
BarchasiBAAdagi YTHda 14 kishi halok bo‘ldi
13 Noyabr