Oliy ta’lim muassasalarida “Eko-klublar” faoliyati yo‘lga qo‘yiladi

Jamiyat

image

Joriy yilning 27 may kuni Hukumat qarori bilan “Ekologik ta’limni rivojlantirish konsepsiyasi” tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanalida ma’lum qilindi

Konsepsiyaning maqsadi yosh avlodda ekologik bilim, ong va madaniyatni shakllantirish, ekologiya sohasidagi ilm-fanni innovatsion texnologiyalarni jalb qilgan holda takomillashtirishdan iborat.

Maktabgacha ta’lim muassasalarida “Ekolog bolajon” dasturi joriy etiladi va “Ekologik yo‘lakchalar” tashkil etiladi.

Shuningdek, “Ona tabiat” mavzusida ochiq havoda tanishtiruv soatlari o‘tkaziladi.

Maktablarda “Eng yaxshi ekologik toza maktab”, “Eng yaxshi ekolog o‘quvchi” ko‘rik tanlovlari o‘tkaziladi.

Litseylar va kollejlar o‘quvchilari o‘rtasida “Ekologiya bilimdoni” musobaqasi tashkil etiladi.

Oliy ta’lim muassasalari, talabalar turar joylarida “Eko-klublar” faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

2019 yil dekabrgacha ekologiya va atrof-muhit muhofazasiga oid zarur materiallar va boshqa ma’lumotlar berishga mo‘ljallangan “ekologiya.uz” sayti ishga tushiriladi.


Maqola muallifi

Teglar

Huquqiy axborot

Baholaganlar

6

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing