MOOZY endi shahar markazida

Biznes

Hamma kutgan bahor keldi. Bu – qishning biroz qo‘pol etiklarini tashlab, ixcham va chiroyli oyoq kiyimlarga o‘tish mavsumi. Bu oyoq kiyimlar bir vaqtning o‘zida ham hamyonbop, ham sifatli bo‘lishi kerak. Shu sababdan, xaridorlarni o‘ylagan holda Moozy oyoq kiyimlar do‘koni Nukus ko‘chasida o‘zining yangi filialini ochdi va katta chegirmalarga start berdi. 

Moozy’da oyoq o‘lchami 19 dan 36 gacha bo‘lgan barcha bolalar uchun poyabzallarni topish mumkin. Do‘kondagi tanlov imkoniyati esa xilma-xil. Xaridorlarga har bir mavsumda 100 dan ortiq, umumiy hisobda esa 300 ta modeldagi oyoq kiyimlar taqdim etiladi. 

Bundan tashqari, Moozy’da yangi tug‘ilgan chaqaloqlardan tortib, 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun rang-barang poyabzallar taklif etiladi.  

Odatda bolalar uchun topish mushkul bo‘lgan oyoq kiyimlar ham aynan Moozy’da. Kichik yoshdagi qizlarga poshnali poyabzallar, maktab poyabzallari, krossovkalar, mokasinlar va, albatta, O‘zbekiston iqlimiga mos va xos yozgi sandallar shular jumlasidandir.

Shuningdek, Moozy’ga tashrif buyurgan ota-onalarning bamaylixotir aylanishi va tanlov qilishi uchun bolalar maydonchasi ham tashkil etilgan. 

Do‘konning lokatsiyasi esa juda qulay joylashgan. Yakkasaroy tumani Nukus ko‘chasi 48 uy.

Moozy nafaqat xaridorlarga, balki tadbirkorlarga ham manfaatli taklif beradi. Bolalar kiyimlarini chet mamlakatlardan ulgurji olib ketib sotuvchi tadbirkorlar Turkiyada ishlab chiqarilgan Moozy oyoq kiyimlarini brendning Toshkentdagi omboridan to‘g‘ridan to‘g‘ri sotib olishi mumkin.

Shoshiling! Moozy’ga tashrif buyuring va 10 martga qadar davom etadigan 20 foizlik chegirmaga ulgurib qoling. Chegirmalar har bir oyoq kiyimga amal qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Moozy oyoq kiyimlar poyabzallar Do'kon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing