Bloklangan TikTok O‘zbekistonda soliq to‘lovchi sifatida ro‘yxatdan o‘tdi
Jamiyat
−
09 Oktabr 2023
61475 oktyabr kuni TikTok PTE LTD (Cingapur) O‘zbekistonda qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchi sifatida ro‘yxatdan o‘tdi. Bu haqda Soliq qo‘mitasi xabar bermoqda.
O‘zbekistonda bloklanganiga qaramay, endilikda ushbu ijtimoiy tarmoq 12 foizlik QQS to‘laydi.
Eslatib o‘tamiz, TikTok ijtimoiy tarmog‘i "Shaxsiy ma’lumotlar to‘g‘risida"gi qonunni buzgani uchun 2021 yilning iyul oyidan boshlab Shaxsga doir ma’lumotlar bazalarining davlat reyestriga kiritilgan edi.
TikTok ijtimoiy tarmog‘i O‘zbekistonda 2021 yilning yozidan buyon bloklangan.
2021 yil iyul oyidan boshlab TikTok ijtimoiy tarmog‘i "Shaxsiy ma’lumotlar to‘g‘risida"gi qonunni buzgani uchun Shaxsga doir ma’lumotlar bazalarining davlat reyestriga kiritilgan. Ushbu ro‘yxatda TikTok’dan tashqari Twitter, “VKontakte” va WeChat ham bo‘lgan. Ammo ushbu ijtimoiy tarmoqlar 2022 yilning avgustida ro‘yxatdan chiqarib tashlangan edi.
O‘zbekistonda ijtimoiy tarmoqlarning bloklanishi jurnalistlar va keng jamoatchilikning turli munosabatlariga sabab bo‘ldi.
LiveBarchasi