AQSH Rossiyani majburlamoqchi

Olam

image

Amerika Qo‘shma Shtatlari Rossiyaga 2008 yilda imzolangan sulh bitimi bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarish uchun bosim o‘tkazadi. Bu haqda Rossiyaning Gruziyaga bostirib kirishining 15 yilligi munosabati bilan AQSH Davlat departamenti tomonidan berilgan bayonot so‘z borgan. 

AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken bayonot berib, Gruziya suvereniteti va hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi. 

“15 yil avval Rossiya suveren Gruziya davlatiga bostirib kirdi va uning hududidan 20 foizini bosib oldi. Qo‘shma Shtatlar Gruziyaning xalqaro tan olingan chegaralari doirasidagi suvereniteti va hududiy yaxlitligini doimiy ravishda qo‘llab-quvvatlab keladi. Rossiyaning xatti-harakatlari ushbu mojarodan jabrlangan odamlarning hayotini abadiy o‘zgartirdi”, deydi Blinken.

U Rossiya istilosi davrida halok bo‘lganlar xotirasiga hurmat bajo keltirdi. 

“Rossiyaning ishg‘ol davridagi harakatlari, jumladan, Kremlning shafqatsiz dezinformatsion kampaniyalari va aholining ommaviy ko‘chishlari hali ham cheksiz azob-uqubatlarga olib kelmoqda. Ukrainadagi kabi Gruziya xalqi ham Rossiyaning xalqaro huquqni mensimasligi va qo‘shnilari ustidan hukmronlik qilishga intilishi oqibatlaridan aziyat chekmoqda”, deydi Davlat kotibi. 

Qo‘shma Shtatlar Rossiyani 2008 yildagi o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risidagi kelishuv bo‘yicha hali bajarilmagan majburiyatlarini bajarishga majburlash niyatida. Bu qo‘shinlarni mojaro boshlanishidan oldin mavjud bo‘lgan pozitsiyalarga olib chiqish va gumanitar yordam yetkazib berish uchun to‘siqsiz kirishni ta’minlashdir. 

Blinkenning qayd etishicha, Rossiya ham Gruziyaning Abxaziya va Janubiy Osetiya deb atalmish hududlari mustaqilligini tan olishdan bosh tortishi kerak. 

“Ushbu harakatlar yuz minglab ichki ko‘chirilganlar o‘z uylariga xavfsiz qaytishlari va munosib yashashlari uchun zarur”, deyiladi bayonotda. 

Davlat kotibi Amerika Qo‘shma Shtatlari Gruziya xalqining Yevro-Atlantika integratsiyasi, suvereniteti va hududiy yaxlitligini himoya qilish hamda mojaroni tinch yo‘l bilan hal qilishga intilishida so‘zsiz qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

Ma’lumot uchun, 2008 yil boshida Rossiya-Gruziya munosabatlarida jiddiy yomonlashuv kuzatildi. Gruziya-osetin mojarosi hududidagi vaziyat iyul oyining oxiri – avgust oyining boshida keskinlasha boshladi. 7 avgustdan 8 avgustga o‘tar kechasi Gruziya Janubiy Osetiya poytaxtini o‘qqa tutib, isyonkor mintaqa ustidan nazorat o‘rnatishni boshlaganida, oldingi keskinliklarning cho‘qqisiga aylangan keng ko‘lamli qurolli to‘qnashuv boshlandi. 8 avgust kuni tushdan keyin Rossiya prezidenti mojaro zonasiga qo‘shinlar kiritilishi boshlanganini e’lon qildi (ayrim bo‘linmalar avvalroq kirgan bo‘lsa). 

Bir necha kun ichida rus qo‘shinlari Janubiy Osetiya qurolli tuzilmalari bilan birgalikda Gruziya qo‘shinlarini Janubiy Osetiyadan quvib chiqardilar.

Urush muhim geosiyosiy, iqtisodiy va boshqa oqibatlarga olib keldi. Shunday qilib, 26 avgust kuni Rossiya Janubiy Osetiya va Abxaziyani mustaqil davlat sifatida rasman tan oldi. 2 sentyabr kuni Gruziya Rossiya bilan diplomatik aloqalarini uzdi. Gruziyaning NATOga kirish jarayoni sekinlashdi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Gruziya Abxaziya Janubiy Osetiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing