Liftda qamalib o‘lgan ayol voqeasida mas’ullar javobgarlikni o‘zidan soqit qilmoqda
3-sahifa
−
29 iyul 2023
10395Toshkent shahrida 4 kun davomida liftda qamalib qolib, vafot etgan 32 yoshli ayolning o‘limi yuzasidan Bosh prokuratura qo‘shimcha bayonot berdi.
Qayd etilishicha, Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumani Parkent ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uyning lifti 4 kun davomida ishlamayotganligi sababli, ayolning murdasi lift ichida qolib ketgan. Joriy yilning 26 iyul kuni marhumaning yaqin qarindoshlari ayolni topib berish yuzasidan Ichki ishlar idorasiga murojaat qilgan.
Shundan so‘ng, 27 iyul kuni yuqorida ko‘rsatilgan manzildagi ko‘p qavatli uyda yashovchi fuqarolar tomonidan ayolning jasadi lift ichidan topilgan.
“Shu orada, Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi, e’tibor bering, “28 iyul kuni mutaxassislar tomonidan joyiga chiqib o‘rganilganida, lift qurilmasining xavfsizlik moslamalari ishchi holatdaligi yuzasidan birlamchi ko‘rik ishlari amalga oshirildi va ularni ishchi holatdaligi aniqlandi” deb rasmiy munosabat bildirgan.
Vaholanki, lift 24-28 iyul kunlari ishlamayotganligini voqea guvohlari, uy yashovchilari o‘z tushuntirishlarida, shuningdek, voqea joyida xolis surishtiruv olib borgan ommaviy axborot vositalari vakillari va jurnalistlarning videoreportajlarida to‘liq o‘z tasdig‘ini topgan”, deyiladi Bosh prokuratura bayonotida.
Eslatib o‘tamiz, Bosh prokuraturaning dastlabki bayonotida jamoatchilikda ushbu voqea bo‘yicha bildirilayotgan taxminlar tergovga qadar tekshiruv davomida to‘liq tekshirilib, qonuniy qaror qabul qilinishi ma’lum qilingan edi.
Gap shundaki, ko‘p qavatli uyda yashovchilar ushbu lift elektr uzulishlari tufayli bir necha kundan buyon ishlamayotgani, oldin ham nosozlik holatlari ko‘p takrorlangani haqida ma’lum qilgan. Shuningdek, shifokorlarning dastlabki tibbiy ma’lumotnomasida marhumaning o‘limiga yurakning ishemik kasalligi, o‘tkir yurak, qontomir va nafas yetishmovchiligi sabab bo‘lgani ko‘rsatilgan.
LiveBarchasi