“Ko‘kcha-Oqtepa” kalitlari topshirildi

Biznes

Reklama
0:00

Joriy yilning 25 avgust kuni qurilish bozorida 15 yillik tajribaga ega bo‘lgan Art House kompaniyasi o‘zining navbatdagi “Ko‘kcha-Oqtepa” loyihasining eshiklarini ochdi.

Ushbu loyihaning asosiy afzalliklaridan biri – uning qulay joylashuvidir. Mazkur loyiha uchtepa tumanidagi ko‘kcha oqtepa mahallasida joylashgan bo‘lib, Toshkent Citydan atiga 15 daqiqalik yo‘l. Loyiha 12 ta blokdan iborat bo‘lib, har bir blok 10 qavatdan tashkil topgan. Majmuadagi umumiy xonadonlar soni esa 1150 ta.

Majmuaning dastlabki ikki qavatida ko‘ngilochar maskanlar, savdo do‘konlari va maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalari joylashishi rejalashtirilgan. Ichki hovlida 3 ta bolalar uchun xavfsiz maydoncha, 350 o‘ringa mo‘ljallangan 5 qavatli yer usti va 164 ta o‘ringa mo‘ljallangan yer osti avtoturargohlari mavjud. Majmua zamonaviy va uzluksiz ishlaydigan liftlar bilan jihozlangan bo‘lib, yopiq hovli hududi 24/7 rejimida ishlaydigan kuzatuv kameralari orqali nazorat qilinadi.

Loyihaning ochilish marosimida xalqimizning sevimli sanatkorlari Gulsanam Mamazoitova, Tohir Sodiqov, Yorqinxo‘ja Umarov ishtrok etdi. 2011 yilda tashkil etilgan Art House kompaniyasi Toshkent va Navoiy viloyatlarida 30 dan ortiq loyihani o‘z egalariga topshirgan. Ayni paytda kompaniya tomonidan Yunusobod tumanidagi “Musaffo” hamda Ko‘kcha-Oqtepa mahallasidagi “Obodmaskan” loyihalarida qurilish ishlari olib borilmoqda.

“Obodmaskan” loyihasidan xonadonlarni 30 foiz boshlang‘ich to‘lov bilan 30 oy muddatga xarid qilish mumkin. Ushbu loyihaning boshlang‘ich blokidagi xonadonlarni topshirish esa joriy yilning oxiriga rejalashtirilgan.

Batafsil ma’lumot uchun:
+998712307447

Instagram | Telegram


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing