Chiroqni bir soatdan ortiq o‘chirganlar jazolanadi – Energetika vazirligi “zami”

Jamiyat

image

Sovuq tushishi bilan ijtimoiy tarmoqlar fuqarolar “svet” yo gaz yo‘qligidan aziyat chekayotgani aytilgan xabarlar bilan to‘ladi. Ayniqsa, chekka hududlarda bir yoki ikki soat emas, balki bir necha soatgacha “svet”ni o‘chgani oxirgi kunlarning eng katta muammosi va muhokamasiga sabab bo‘lyapti. Xo‘sh, chiroqni o‘chirish orqali xalq jabr ko‘rishi qanchalik to‘g‘ri? Aynan shu savolga Energetika vaziri o‘rinbosari Sherzod Xo‘jayev javob berdi.

“Bir soat o‘chirish ham haqqoniy emas, o‘chirilishi kerak emas. Bu faqatgina bugungi kunda majburlikdan ko‘rilayotgan chora. O‘zimizni oqlamoqchi emasmiz, lekin shu bilan birga bizda statistika bor, har kuni, surunkali ravishda 12 soatlab elektr energiyasi o‘chayotgan hududlar bo‘yicha bizga alohida ma’lumot bersangiz, biz u holatni alohida o‘rganib chiqamiz. Chunki bizda cheklov jadvallari ishlab chiqiladi. Qaysidir hududda cheklovlar jadvallariga rioya qilmasdan yarim soat yoki bir soat o‘rniga 12 soat o‘chirilayotgan bo‘lsa, birinchi navbatda sabablarini o‘rganamiz, ikkinchi navbatda agar u yerda inson omili bor bo‘lsa, ana shu xodimlarga nisbatan chora ko‘ramiz”, deydi Energetika vaziri o‘rinbosari.


Maqola muallifi

Teglar

Energetika vazirligi chiroq svet

Baholaganlar

932

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing