Makron Lukashenkoni Ukrainadagi urushga aralashib, boshiga balo orttirmaslikka chaqirdi
Olam
−
13 Oktabr 2022
5284Belarusning Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi mojaroda faol ishtirok etishi Belarus fuqarosi Aleksandr Lukashenkoning o‘z mamlakatida muammolarga duch kelishiga olib keladi. Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron “France 2” telekanaliga bergan intervyusida shunday fikr bildirdi.
Makronga ko‘ra, agar Aleksandr Lukashenko Ukraina mojarosi bo‘yicha Rossiya bilan hamtovoq bo‘lishda davom etsa, u o‘z mamlakatida muammolarga duch kelishi muqarrar.
“Agar, Prezident Lukashenko o‘zini bu urushga ko‘proq bag‘ishlashga qaror qilsa, u buni o‘z xalqining katta qismining irodasiga qarshi amalga oshiradi. Keyin u mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishi kerak, menimcha, bu uning uchun muammosiz bo‘lmaydi”, deydi Makron.
Shuningdek, Fransiya Prezidenti Yevropa Ittifoqi Belarus Rossiya qo‘shinlarini Ukrainaga o‘tkazish uchun o‘z hududidan foydalanishga ruxsat berganidan keyin sanksiyalar kiritganini ham eslatgan.
Eslatib o‘tamiz, 10 oktyabr kuni Lukashenko Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan "Ittifoq davlatining g‘arbiy chegaralarida vaziyatning keskinlashuvi munosabati bilan" qo‘shma mintaqaviy qo‘shinlar guruhini joylashtirish bo‘yicha kelishib olganini ma’lum qildi. U, shuningdek, Ukraina Belarus hududiga zarba berishni rejalashtirayotganini iddao qildi. Kiyev bu ayblovni mutlaqo rad etdi.
Oysha Turg‘unpo‘latova
LiveBarchasi