“Portlash tashkilotchilari topilishi kerak”. O‘zbekiston Qobuldagi teraktni qoraladi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

O‘zbekiston Afg‘oniston poytaxti Qobulda kecha, 30 sentyabr kuni uyushtirilgan portlash tashkilotchilari va ijrochilari topilishi tarafdori. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi bayonotida so‘z borgan.

“Qobul g‘arbidagi ta’lim markazida sodir etilgan qabih terrorchilik xuruji oqibatida o‘nlab insonlar, asosan, qizlar halok bo‘lgani va jarohatlangani haqidagi xabarni chuqur qayg‘u bilan qabul qildik.

Yana ro‘y bergan zo‘ravonlik harakatini keskin qoralagan holda, mazkur yovuz va g‘ayriinsoniy xuruj tashkilotchilari hamda ijrochilarini aniqlashda barcha zarur choralarni ko‘rishga chaqiramiz”, deyiladi vazirlik bayonotida.

TIV halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirib, jarohatlanganlarning tezroq sog‘ayib ketishini tilagan.

Eslatib o‘tamiz, 30 sentyabr kuni Qobul g‘arbidagi Kaj ta’lim markazida portlash yuz berdi. Unda 19 kishi halok bo‘ldi va 30 yaqin odam jarohatlandi.


Maqola muallifi

Teglar

Qobul TIV portlash

Baholaganlar

106

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing