Diqqat! Toshkentda jinoiy guruh a’zolari qidirilmoqda

Jamiyat

image

Toshkent shahrida bir nechta o‘g‘rilik jinoyatlarini sodir etgan jinoiy guruh a’zolari qidirilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston IIV JQBB Qidiruv ishini tashkil etish boshqarmasi xabar berdi.

Qidiralyotgan shaxslar:

1991 yilda Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan Adham Imomaliyevich Boborajabov, Surxondaryo viloyati, Sariosiyo tumani, “Guliston” MFYda doimiy ro‘yxatda turadi, Toshkent shahar, Chilonzor-12 mavzeda vaqtincha yashab kelgan.

1982 yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan Akobirjon Ikramovich Nosirov, Samarqand viloyati, Pastdarg‘om tumani, Sanchiqul QFYda doimiy ro‘yxatda turadi, Toshkent shahar, Mirzo Ulug‘bek tumanida vaqtincha yashab kelgan.

1979 yilda Navoiy viloyatida tug‘ilgan Sharofiddin Madiyevich Boboyev, Toshkent shahri, Yunusobod tumani, 18-dahada ro‘yxatda turib, yashab kelgan.

“Ushbu shaxslar haqida biron bir ma’lumotga ega bo‘lsangiz, zudlik bilan “102” yoki 71-231-34-33 telefon raqamlariga xabar berishingizni so‘raymiz. Siz haqingizdagi ma’lumot sir saqlanishi kafolatlanadi”, deyiladi boshqarma xabarida.


Maqola muallifi

Teglar

qidiruv

Baholaganlar

1944

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing