BP huzuridagi departament xodimi $2000 bilan ushlandi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

O‘zbekiston Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimi tadbirkordan 2000 dollar olganda ushlandi. Bu haqda DXX Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, departamentning Olmazor tumani bo‘limi xodimi tadbirkorga tegishli MCHJ uchun bankdan jami 1 mlrd 200 mln so‘m kredit ajratilishida yordam berishini aytgan. Buning evaziga u 5 ming AQSH dollari talab qilgan.

Keyinchalik MCHJga bank tomonidan 750 mln so‘m kredit pul mablag‘i ajratilgani bois tadbirkordan 3000 AQSH dollari berishini talab qilib, undan 2000 dollarni firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ushlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Shuni alohida qayd etish kerakki, DXX departament xodimiga aynan qaysi modda bilan ayblov qo‘yilganini ochiqlamagan. U korrupsiyada ayblanyaptimi yoki boshqa jinoyatda noma’lum. Va bu holat birinchi marta kuzatilmayapti. Xavfsizlik xizmati jinoyatlarga oid e’lon qilinadigan xabarlarida ayblanuvchilarga qanday ayblov qo‘yilganini ochiqlamay keladi.


Maqola muallifi

Teglar

Bosh prokuratura

Baholaganlar

335

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing