Chexiya YeI davlatlarini ruslarni Yevropaga kiritmaslikka ko‘ndirmoqchi

Olam

image

2022 yilning ikkinchi yarmida Yevropa Ittifoqiga raislik qilayotgan Chexiya Ukrainadagi urush sababli Rossiya fuqarolariga Shengen vizalarini berishni taqiqlashga erishmoqchi. Hukumat joriy yilning avgust oyi oxirida bo‘lib o‘tadigan YeI kengashi yig‘ilishida bu masala bo‘yicha konsensusga erishish niyatida. Bu haqda Chexiya Tashqi ishlar vaziri Yan Lipavskiy ma’lum qildi.

“Rossiya bunday jangovar siyosat oqibatlarsiz qolmasligini tushunishi kerak”, deydi Yan Lipavskiy.

Pragada bo‘lib o‘tgan Yevropa Ittifoqi Tashqi ishlar vazirlarining norasmiy uchrashuvida Lipavskiy Shengen vizalari berilishini taqiqlashni “o‘rinli va samarali chora” deb atagan edi. 

“Rossiya agressiyasi davrida e’lon qilingan chegaralar doimiy ravishda o‘zgarib turadi, Rossiya fuqarolari uchun oddiy turizm haqida gap bo‘lishi mumkin emas”, deydi u “Novinky” nashriga bergan intervyusida. 

Ma’lum bo‘lishicha, joriy yilning avgust oyi oxirida YeIda  rossiyaliklar uchun Shengen vizalarini taqiqlash masalasi muhokama qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy G‘arbni barcha ruslar uchun chegaralarni butunlay yopishga chaqirgan edi.

Buning ortidan, joriy yilning 11 avgust kuni Estoniya hukumati respublika tomonidan berilgan Shengen vizasiga ega bo‘lgan Rossiya Federatsiyasi fuqarolarining mamlakatga kirishi taqiqlanishini e’lon qildi.

Farangiz Salimova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

32

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing