Urushdan madori quriyotgan Ukraina (fotoreportaj)
Olam
−
07 iyul 2022
199906 iyulga o‘tar kechasi Rossiya harbiylari Xarkovdagi Grigoriy Skovoroda nomidagi Milliy pedagogika universiteti binosiga havo hujumi uyushtirdi. Oqibatda qorovul vafot etdi.
Rossiya Mudofaa vazirligi Qo‘shma Shtatlar yaqinda Ukrainaga yetkazib bera boshlagan ikkita HIMARS ko‘p uchiruvchi raketa tizimini yo‘q qilganini e’lon qildi. Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtabi bu xabarni yolg‘on deb atadi. Donbass shimolida otishmalar davom etmoqda, jabrlangan shaharlardan biri Seversk.
Irlandiya Bosh vaziri Kiyev viloyatiga kelib, Ukrainani Yevropa Ittifoqiga qo‘shilish masalasida qo‘llab-quvvatlashga va’da berdi. Moskva Putinning noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan G20 sammitida ishtirok etish niyatini oldindan e’lon qildi. Zelenskiy ham u yerga taklif qilingan.
Bugun, 7 iyul kuni Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi janglarda rasman pauza e’lon qildi. Vazirlik bo‘linmalarda "jangovar qobiliyatlarni to‘ldirish" choralarini ko‘rmoqda. Harbiy xizmatchilarga dam olish, uydan xat va jo‘natmalarni olish imkoniyati berildi. Ukrainani qo‘llab-quvvatlayotgan Buyuk Yuritaniya Bosh vaziri iste’foga chiqdi.
Quyida urushdan madori quriyogan Ukrainadan fotoreportajni e’tiboringizga havola etamiz.
LiveBarchasi