Davlat bojxona xizmati xodimi mol-mulkiga xizmat majburiyatlarini bajarishi bilan bog‘liq holda yetkazilgan zarar qoplab beriladi
Jamiyat
−
01 may 2019
5149Joriy yilning 29 aprel kuni Hukumat qarori bilan “O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organi xodimining yoki uning yaqin qarindoshlarining mol-mulkiga xizmat majburiyatlarini bajarishi bilan bog‘liq holda yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanalida ma’lum qilindi.
Nizomga muvofiq, bojxona organlarida xodimining yoki uning yaqin qarindoshlari mol-mulkiga yetkazilgan zarar o‘rnini qoplash masalasini o‘rganish uchun doimiy komissiyalar tuziladi.
Zararni qoplash bo‘yicha hujjatlarni yig‘ish va rasmiylashtirish bojxona organlarining Kadrlar boshqarmasi va bo‘limlari tomonidan amalga oshiriladi.
Zararni qoplash uchun xodim yoki uning yaqin qarindoshi bojxona organi rahbariga bildirgi (ariza) bilan murojaat qiladi.
Bildirgi berilganidan keyin 3 kunda kadrlar xizmati komissiyaga tegishli hujjatlarni taqdim etadi.
Komissiya 15 kunda hujjatlarni ko‘rib chiqadi va zararni to‘lash yoki rad etish haqida asosli qaror qabul qiladi. Qaror 3 kunda manfaatdor shaxslarga yuboriladi.
Qaror qabul qilinganidan so‘ng 10 kunda zararning o‘rni qoplab berilishi lozim.
LiveBarchasi