Qashqadaryoda qovun pishdi
Jamiyat
−
12 may 2022 10145 1 daqiqa
Qashqadaryo viloyatining Ko‘kdala tumanida qovun pishdi. Bu haqda bugun, 12 may kuni Davlat bojxona qo‘mitasi ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, birinchi hosilni o‘tamaylilik tomorqa egasi Rufat Buriyev yetishtirgan. Ilk hosil “Dakara” navli qovunlardir. Tez orada qovun eksporti boshlanishi aytilmoqda.
Usta dehqonlarning bildirishicha, hududda yilning fevral oyidanoq qovun parvarishiga kirishiladi. Bunda asosan “Jiyan”, “Torpedo”, “Aeroport” kabi eksport talabiga javob beradigan navlar tanlanadi.
Eslatib o‘tamiz, 2021 yilda ham ilk qovun hosili Rufat Buriyev tomorqasidan uzilgandi.
Live
Barchasi