Toshkentdan Andijonga poyezd qatnovi yana to‘xtatildi

Jamiyat

image

Bugun, 6 may kuni, Toshkent – Andijon – Toshkent yo‘nalishida harakatlanadigan 60/59-sonli yo‘lovchi poyezdi harakati vaqtincha, ya’ni bir kunga to‘xtatiladi. Bu haqda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ ma’lum qildi.

Farg‘ona vodiysida kuzatilayotgan noqulay ob-havo sharoiti va tog‘li hududlarda kuchli yog‘ingarchilik bo‘layotgani bois, poyezdlar harakati hamda yo‘lovchilarning  xavfsizligini ta’minlash maqsadida shunday chora qo‘llangan.

Qayd etilishicha, yo‘lovchilarga xarid qilingan chiptalari 100 foiz mikdorda  qaytarib beriladi.

Shuningdek, vodiy viloyatlarida harakatlanadigan elektropoyezdlar harakat jalvaliga ham o‘zgartirish kiritiladi.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 5 may kuni ham Toshkent – Andijon – Toshkent yo‘nalishidagi yo‘lovchi poyezdi harakati to‘xtatilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

poezd

Baholaganlar

116

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing