O‘zbekistonning uchuvchisiz uchish apparatlari Afg‘oniston havo makonini buzib o‘tdimi? Mudofaa vazirligi izoh berdi
Jamiyat
−
02 may 2022
13082Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekistonning uchuvchisiz boshqariladigan uchish apparatlari Afg‘oniston havo hududini buzib o‘tgani haqidagi xabar tarqaldi. O‘zbekiston Mudofaa vazirligi holat bo‘yicha izoh berdi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy-havo kuchlari tomonidan qo‘shni davlatlar havo makonini buzish holatlari bo‘lmagan.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari qo‘shni davlatlar aviatsiyasi tomonidan mamlakat havo makonining buzilish holatlarini qayd etmagan.
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining uchuvchisiz boshqariladigan, qiruvchi va ishg‘ol aviatsiyasi qat’iy belgilangan tartibda jangovar navbatchilik o‘tamoqda.
Avvalroq, “Tolibon” harakati matbuot kotibi o‘rinbosari Inomulla Samangoniy ISHID ekstremistik guruhi tomonidan O‘zbekistonga berilgan muvaffaqiyatsiz raketa zarbalaridan bir kun o‘tib, mamlakat mudofaa kuchlarining vertolyotlari Afg‘oniston bilan chegarada havo manevrlarini amalga oshirganini aytgan edi. Unga ko‘ra, bu vertolyotlar qirqqa yaqin bo‘lib, Afg‘oniston havo hududida bir necha soat davomida ko‘rinib turgan.
“O‘zbekiston Pokistondan keyin Afg‘oniston havo hududini buzgan ikkinchi davlatdir. Biz hukmron hokimiyatdan havo hududining buzilishi yuzasidan munosabat bildirmoqchi edik, afsuski, bunga erisha olmadik”, degan edi Samangoniy.
LiveBarchasi