Belgiyada Baydenning kortejiga shisha uloqtirildi

Olam

image

Noma’lum shaxs Bryussel markazida AQSH Prezidenti Jozey Bayden kortejiga shisha uloqtirdi, politsiya darhol qoidabuzarni qo‘lga oldi. Bu voqeani bugun, 24 mart kuni Bryussel politsiyasi matbuot xizmati tasdiqladi. 

“Mast odam shishani uzoqdan AQSH Prezidenti korteji tomon uloqtirdi. U zudlik bilan hibsga olindi”, deydi poytaxt politsiyasi matbuot kotibi Ilze Van Dekeyer.  

Mahalliy OAV ma’lumotlariga ko‘ra, hodisa mahalliy vaqt bilan 09:40 atrofida shahar markazida, AQSH elchixonasi yaqinida sodir bo‘lgan. 

Bayden Bryusselga NATO, Yevropa Ittifoqi va G7 sammitlarida ishtirok etish uchun keldi, uning asosiy mavzularidan biri Ukrainadagi inqiroz. Yuqori darajadagi uchta uchrashuv o‘tkazilishi munosabati bilan Bryusselning bir qator muhim magistrallari avtomobil transporti uchun to‘sib qo‘yilgan, bu esa ko‘plab fuqarolarning noroziligiga sabab bo‘lgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Jo Bayden

Baholaganlar

1407

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing